31/10/2018

2018 yilning 26 oktyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida tizim rahbar va xodimlari tomonidan mansab vakolatlarini suiste`mol qilishga yo`l qo`ymaslik, korrupsiya holatlarini oldini olish, amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat`iy rioya etilishini ta`minlash, ularga normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va ahamiyatini chuqur yetkazish maqsadida  “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid”  mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, O`zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi vakillari, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi hamda Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi mas`ul xodimlari ishtirok etdilar.

Ushbu seminarda, Davlat statistika organlari tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni va uning ijrosi yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil  2 fevraldagi 2752-son qarori bilan tasdiqlangan “2017-2018 yillarga mo`ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha Davlat dasturi” ijrosini ta`minlash maqsadida, Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 21 fevraldagi 9-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Davlat statistika qo`mitasi tizimida 2017-2018 yillarga mo`ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqilgan. Mazkur rejada belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash bo`yicha tizimda Davlat statistika qo`mitasinig korrupsiyaga qarshi kurashash bo`yicha idoraviy komissiyasi tomonidan qat`iy nazorat o`rnatilganligi haqida ma`lumot berildi.

Seminar davomida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha idoraviy komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalari to`g`risida to`liq ma`lumot oldilar.

Bahs-munozaralarga boy bo`lgan seminarda ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Davlat statistika qo`mitasining korrupsiyaga qarshi
kurashish bo`yicha idoraviy komissiyasi

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech