2018 yil 10-12 oktyabr kunlari Geneva shahrida (Shveytsariya) 20-Xalqaro mehnat statistiklari konferensiyasi bo’lib o’tdi. Ushbu konferensiya Xalqaro mehnat tashkiloti statistika departamenti hamda Mustaqil davlatlar hamdo`stligi statistika qo`mitasi tomonidan tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Davlat statistika qo’mitasi, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi, mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to`lash ko`rsatkichlarini shakllantirish va tahlil etish bo`limi boshlig’i o`rinbosari U.Tashmuhamedov ishtirok etdi.
Konferensiyada 145 ta mamlakatlar milliy statistika idoralarining rahbar va mutaxassislari, jumladan, Sveytsariya, AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Meksika, Panama, Buyuk Britaniya, Fransiya, Argentina, Braziliya, Janubiy Koreya, Singapur, Hindiston, Xitoy, Armaniston, Belorus, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va boshqa mamlakatlar, shuningdek, Xalqaro mehnat tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo`stligi statistika qo`mitasi, Yevropa statistika qo`mitasi, Jahon Banki, BMTning Yevropa bo`yicha iqtisodiy komissiyasi va boshqa xalqaro tashkilotlar mutaxassislari va olimlar ishtirok etishdi.
Konferensiya davomida 19-Xalqaro mehnat statistiklari Konferensiyasi rezolyutsiyasini qo`llash bo`yicha amalga oshirilgan ishlar, mehnat faoliyati, bandlik va ish kuchidan foydalanmaslik ma’lumotlari, qishloq joylardagi mehnat statistikasi ko`rsatkichlari, mehnat statistikasida gender tenglik ko`rsatkichlari o`rganildi. Barqaror rivojlanish maqsadlari ko`rsatkichlarining hisobini yuritishni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati