Tasdiqlangan sana va soni: Qo`mitaning 2018 yil 26 sentabrdagi
16-son qaroriga ilova
Mazkur uslubiy nizom davlat statistika organlari tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, O`zbekiston Respublikasi bo`yicha transport va aloqa xizmatlari tariflari to`g`risida ishonchli statitistik ma`lumotlar shakllantirish va ular bo`yicha indekslarini hisoblash maqsadlarida foydalaniladi.
Ushbu uslubiy nizom asosida shakllantirilgan transport va aloqa xizmatlari tariflari indeksi to`g`risidagi ma`lumotlardan transport va aloqa sohasidagi inflyatsion jarayonlarni baholashda, shuningdek, makro darajadagi turli xil iqtisodiy hisob-kitoblar va prognozlash maqsadlarida ishlatiladigan indeks-deflyator ko`rsatkichlarini aniqlashda foydalaniladi.