2018 yilning 2-4 oktyabr kunlari Qozog’istonning Astana shahrida Yevropa va Markaziy Osiyo milliy statistika idoralarining “Bolalar to’g’risida ma’lumotlar: adolatga erishish” mavzusidagi mintaqalararo yig’ilishi bo’lib o`tdi.
Mazkur seminar YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan tashkil qilindi.
Seminarning asosiy maqsadi Evropa va O'rta Osiyo davlatlarining milliy statistika hamda huquqni muhofaza qilish organlarining adolatga erishish va bolalarga nisbatan zo'ravonlik to'g’risidagi ma'lumotlarni yig’ish tajribalarini tahlil qilish, xususan, bolalarga nisbatan zo'ravonlik to'g’risidagi ma'lumotlarni yig’ish, tahlil qilish, tarqatish va foydalanishni takomillashtirish va xalqaro doirada taqqoslanadigan ishonchli, haqiqiy, kompleks baholash uchun o'lchov vositalarinining o'zaro bog’liqligini ta'minlash choralarni belgilab olishdan iborat bo’ldi.
Mazkur seminarda Davlat statistika qo`mitasi tomonidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig`i o’rinbosari - Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi bo'yicha yig’ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo'limi boshlig`i Sh.Abraev ishtirok etdi.
Mintaqalararo yig’ilishda Evropa va O'rta Osiyo davlatlarining milliy statistika idoralari va adliya vazirligi vakillari, shuningdek «adolatga erishish va bolalarga nisbatan zo'ravonlik» to'g’risida ma'lumotlar yig’ish uchun mas'ul bo'lgan boshqa vakolatli vazirliklar, hamkorlar, tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar, fuqarolik jamiyati instituti vakillari, YUNISEFning davlatlardagi bolalarni himoya qilish va monitoring olib borish uchun mas'ul mutaxassislari, shuningdek, butunjahon, mintaqaviy va mintaqalararo ekspertlar ishtirok etishdi.
Аxborot xizmati