Joriy yilning 8 oktyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Xalqaro energiya agentligi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda Xalqaro energiya agentligining Davlat statistika qo’mitasi bilan o’zaro axborot almashuv masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Xalqaro energiya agentligi vakillari Davlat statistika qo`mitasi xodimlariga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.
Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.
Axborot xizmati