03/10/2018

Joriy yilning 3 oktyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Osiyo Taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda Osiyo Taraqqiyot banki tomonidan O’zbekiston Respublikasida tashkil etilgan missiya doirasida Davlat statistika qo’mitasi bilan  axborot almashuv masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Osiyo Taraqqiyot banki vakillari Davlat statistika qo`mitasi xodimlariga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech