Erevan shahrida MDHga a`zo davlatlarning statistika tashkilotlari rahbarlari Kengashining 59-yig`ilishi hamda qishloq xo`jaligi statistikasi masalalari bo`yicha majlisi bo`lib o`tdi
2018 yilning 18-19 sentyabr kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH) statistika qo`mitasi va Armaniston Respublikasi statistika qo`mitasi hamkorligida Yerevan shahrida MDHga a`zo davlatlarning statistika tashkilotlari rahbarlari Kengashining 59-yig`ilishi hamda qishloq xo`jaligi statistikasi masalalari bo`yicha majlisi bo`lib o`tdi. Unda shuningdek, qishloq xo`jaligi statistikasida amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati va qishloq xo`jaligini ro`yxatga olish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tadbirlarda Armaniston, Belarus, Qozog`iston, Qirg`iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, O`zbekiston statistika tashkilotlari hamda MDH statistika qo`mitasining rahbarlari, shuningdek, qishloq xo`jaligi statistikasiga mas`ul o`rinbosarlar, MDH ijroiya qo`mitasi vakillari ishtirok etishdi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasidan rais o`rinbosari A.Ikramov, Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig`i Sh.G`ulomov ishtirok etdilar.
MDHga a`zo davlatlar statistika tashkilotlarining qishloq xo`jaligi statistikasi masalalari bo`yicha majlisi doirasida tomonlar MDHga a`zo davlatlarda qishloq xo`jaligini ro`yxatga olish tadbirini o`tkazishning eng muhim jihatlari, qishloq xo`jaligi uchun ishlab chiqarish hisobi ko`rsatkichlarini ishlab chiqish, shuningdek, qishloq xo`jaligi statistikasini tashkil etish masalalari yuzasidan tajriba almashdilar.
Axborot xizmati