20/09/2018

   Davlat statistika qo'mitasida 2018 yil 20 sentyabr kuni mehnat jamoasining navbatdagi konferentsiyasi bo'lib o'tdi.

 Konferentsiyada Davlat statistika qo'mitasi mehnat jamoasining yangi Jamoa shartnomasi loyihasi muhokama qilindi.

  Tadbir ishtirokchilariga Davlat statistika qo'mitasining yangi Jamoa shartnomasi loyihasi ishlab chiqilganligi, unga xodimlar uchun mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash yuzasidan qator yangi imtiyozlar va qulayliklar kiritilganligi to'g'risida batafsil axborot berildi.

  Ta'kidlandiki, mazkur loyiha Qo'mitaning barcha boshqarma va bo'limlarida ko'rib chiqilib, muhokama etildi va tegishli takliflar berildi. Shu bilan birga, jamoa shartnomasi loyihasi O'zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan ekspertizadan o'tkazildi.

   Mehnat jamoasi konferentsiyasi yig'ilishida bildirilgan fikr-mulohazalar muhokama etilib,Davlat statistika qo'mitasining kelgusi uch yillik davr uchun yangi Jamoa shartnomasi loyihasi ma'qullandi. Konferentsiyada Davlat statistika qo'mitasi kasaba uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish bilan bog'liq boshqa masalalar ham ko'rib chiqildi.

Axborot xizmati