19/12/2019

Joriy yilning 18-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2019-yil 10–12-dekabr kunlari Rossiyaning Moskva shahrida tashkil etilgan “Xalqaro taqqoslash dasturi 2020” yig‘ilishi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda Narxlar statistikasi boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Shovkat Xaynazarov hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasining Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i Lola Abduraxmanovalar xizmat safari natijalari bo‘yicha axborot berishdi.

Tadbir davomida Sh.Xaynazarov "MDH Xalqaro taqqoslash dasturi 2020"da ishtirok etayotgan mamlakatlar tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, mazkur Xalqaro taqqoslash dasturida mamlakatimizning munosib ishtirok etishini ta'minlash, ko‘rsatkichlar va ma'lumotlar sifatini, ishonchliligini yaxshilash masalalari bo‘yicha takliflar berildi.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Axborot xizmati