Joriy yil 18-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Kadrlar salohiyati va ish samaradorligini oshirishda psixologiyaning o‘rni” mavzusida ma’naviyat soati o‘tkazildi.
Tadbirga Toshkent moliya instituti "Kasbiy psixologiya, jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi o‘qituvchisi Gulnoza To‘laganova taklif etildi.
Ma’naviyat soatini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – inson psixologiyasi, uning ish va oiladagi o‘rni, o‘zaro munosabat kabi jihatlar haqida to‘g‘ri yondashuvlarni shakllantirishdan iborat.
Gulnoza To‘laganova inson psixologiyasi, uning oila, ish va muloqot jarayonidagi o‘rni xususida so‘z yuritdi. Ma’ruzachi mavzu yuzasidan fikr bildirar ekan, temperament tiplari va xarakter xususiyatlarining insonda shakllanishi borasida ham alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda shuningdek, psixologiyadagi farq va o‘zgarishlar, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish zarurati, jamoat joyida o‘zini tutish qoidalari, muomala madaniyatining salbiy va ijobiy tomonlari haqida so‘z yuritildi.
Tadbir so‘ngida xodimlarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.
Axborot xizmati