Shu yil 17-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi, Toshkent shahridagi Amiti universiteti va Jahon Bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida "Biznes, tadqiqot va ijtimoiy innovatsiyalar uchun ochiq ma'lumotlar" mavzusida seminar-trening o'tkazdi.
Seminarda OAV xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va biznes vakillari, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbir tashkilotchilari – Toshkent shahridagi Amity universiteti direktori Bobur Abdullayev, O'zbekiston ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Akrom Sultonov so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan batafsil fikr bildirdi.
Shuningdek, xalqaro ekspert Irina Bernal innovatsiyalar, ma’lumotlarga kirish va raqamli hukumat, bu borada Fransiya va Moldova ish tajribasi hamda mamlakatlarda ochiq ma'lumotlar va ochiq hukumatga doir bo'lgan milliy harakatlar borasida so‘z yuritdi.
"Ochiq ma'lumotlar ekotizimini rivojlantirish va salohiyatini oshirish" loyihasi maslahatchisi Saida Yusupova iqlim o'zgarishi, "Yashil" texnologiyalar, barqaror energetika, qayta tiklanadigan energiya va innovatsiya sohasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Seminar ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.
Axborot xizmati