2019-yil 18-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi hamda Qirg'iziston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi o'rtasida statistika sohasida o'zaro anglashuv va hamkorlik to'g'risidagi Memorandum doirasida birinchi uchrashuv bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasida o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama statistik ishlar dasturini bajarish qiymatini aniqlash metodikasini ishlab chiqish bilan bog'liq masalalar, O'zbekiston statistika tajribasini o'rganish bo‘yicha fikr-mulohazalar tinglandi.
Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.
Axborot xizmati