2019-yil 18-dekabr kuni Davlat statistika qo'mitasida Jahon banki missiyasining Makroiqtisodiyot, savdo va investitsiyalar bo'yicha departamenti amaliyot rahbari Sandip Mahajan bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda so‘nggi 3–5-yillarga mo'ljallangan islohotlar siyosatini moliyalashtirishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha uchinchi loyiha yuzasidan fikr-mulohaza almashildi. Shuningdek, mamlakatning ikkinchi sistematik diagnostikasini tayyorlash bo'yicha ham so‘z yuritildi.
Shuningdek, uchrashuvda “Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi – 2020-2025” loyihasini qabul qilish, loyihaning maqsadlari va bu bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan islohotlar muhokama qilindi.
Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.
Axborot xizmati