18/12/2019

“Open data Interception” ma’lumotiga ko‘ra, 100 ta mamlakat orasida O‘zbekiston 52 ta ochiq ma'lumotlar manbalari bilan ochiq ma'lumotlar manbalari soni mavjudligi  reytingining  birinchi o‘ntaligidan o‘rin oldi (https://data.opendatasoft.com/explore/dataset/open-data-sources%40public/table/?sort=code_en).  

Ochiq ma'lumotlar manbalari bo‘yicha birinchi o‘ntalikka kiruvchi mamlakatlar ro‘yxati:

Davlat nomi

Manbalar soni

1

Amerika Qo‘shma Shtatlari

642

2

Fransiya

353

3

Ispaniya

309

4

Kanada

121

5

Buyuk Britaniya

105

6

Avstraliya

102

7

Germaniya

81

8

Italiya

59

9

O‘zbekiston

52

10

Avstriya

51

 

Open Data Inception - bu Open Data Soft tomonidan ishlab chiqilgan 2600 dan ortiq ochiq ma'lumotlar portallarining to‘liq ro‘yxatidir. opendatainception.io sayti butun dunyoda keng foydalaniladigan va eng katta ochiq ma'lumotlar manbalaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, “Open Data Inception”da Birlashgan Millatlar Tashkilotining(BMT) eng yirik 21 ta ochiq ma’lumot manbalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

(https://data.opendatasoft.com/explore/dataset/open-data-sources%40public/table/?sort=code_en&refine.organisation=United+Nations)

YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Jahon banki O‘zbekiston Respublikasining ochiq ma'lumotlar sohasini faol rivojlantirishga ko‘maklashmoqda.

Axborot xizmati