17/12/2019

2019 yilning 16 dekabr kuni hududiy statistika boshqarmalarining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘lim boshliqlari ishtirokida “Hududiy statistika organlarining 2019 yildagi faoliyati natijalari va 2020 yilga ustuvor yo‘nalishlar, statistik va tahliliy materiallarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash, hisobot va ijro intizomini ta'minlash bo‘yicha davlat statistika organlarining vazifalari” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminarning asosiy maqsadi, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha iqtisodiy va maqsadli dasturlarni amalga oshirish uchun statistik materiallarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlashda statistika organlarining ustuvor vazifalari tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek, tadbir davomida 2020 yil uchun davlat statistika hisobotlari shakllariga kiritilgan o‘zgartirishlar va hisobotlarni to‘ldirish bo‘yicha uslubiy tushuntirishlar berilib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida, davlat statistika hisobotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda jismoniy shaxslarning kuzatuvi so‘rovnomalari ma'lumotlarini umumlashtirish, qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha ko‘rsatma va amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi.

Axborot xizmati