17/12/2019

Shu yil 17-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 10–11-dekabr kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahriga qilingan xizmat safari natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Mazkur taqdimotda Davlat statistika qo‘mitasi Aholining turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil etish bo'limi bosh mutaxassisi Muslima Muxamedova xizmat safari davomida olgan ma'lumot va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Taqdimot davomida Yevropa Ittifoqining turmush darajasi statistikasi sohasiga oid huquqiy asoslar hamda ma`lumotlarni yig`ish va tarqatishda foydalanib kelinayotgan xalqaro standartlar bo`yicha o‘rganilgan bilim va tajribalar muhokama qilindi.

Taqdimot davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Axborot xizmati