17/12/2019

Joriy yilning 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi huzuridagi Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr institutida hududiy statistika boshqarmalarining Aholi turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo`limlari boshliqlari ishtirokida aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi sohasi bo`yicha o`quv-seminari o`tkazildi.

Tadbirda tinglovchilar “Hududiy statistika organlarining 2019-yildagi faoliyati natijalari va 2020-yilga ustuvor yo`nalishlar, statistik va tahliliy materiallarni o`z vaqtida va sifatli tayyorlash hisoboti va ijro intizomini ta`minlash bo`yicha davlat statistika organlarining vazifalari” mavzusida fikr-mulohaza almashdi.

O`quv-seminarda qo`mitada va hududiy statistika boshqarmalarida aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi bo`yicha amalga oshirilgan ishlar holati, mazkur soha bo`yicha ma`lumotlarni shakllantirishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni kelgusida bartaraf etish yo`llari, shu bilan birga, hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining malakasi va shaxsiy mas`uliyatini yanada oshirish masalalari tanqidiy muhokama etildi.

Shuningdek, tadbir davomida 2020-yilda hududiy boshqarmalarning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo`limlari faoliyatining ustuvor yo`nalishlari, statistik va tahliliy materiallarni o`z vaqtida va sifatli tayyorlash, kuzatuvlar va ijro intizomini ta`minlash, sohani rivojlantirish bo`yicha ishlarni takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Axborot xizmati