17/12/2019

2019-yil 10–12-dekabr kunlari Toshkent shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlarini sifatli ishlab chiqish maqsadida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Davlat statistka qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ga mas'ul bo‘lgan Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) indikatorlari bo‘yicha ishlaydigan vazirlik va idoralar mutaxassislarining statistik salohiyatini oshirish hisoblanadi. 

Seminarda FAO mas'ul bo‘lgan BRM ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy masalalar ko‘rib chiqildi.

Tadbirda ishtirok etgan FAO xalqaro tashkiloti ekspertlari o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi. 21 ta BRM ko‘rsatkichlari bo‘yicha uslubiy materiallar taqdimoti o‘tkazildi.

Seminarda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitalari, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Suv xo‘jaligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Qishloq xo‘jaligi, Moliya vazirliklari va boshqa tashkilot va idora vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv yakunida FAO bilan yaqin hamkorlikda vazirlik va idoralarning ma'lumotlarni yig‘ish bo‘yicha statistik potensialni oshirish ishlarini davom ettirish hamda kelajakda shu kabi seminarlarni o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Axborot xizmati