2019 yil 9–14-dekabr kunlar Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari “2019-yilda davlat statistika tizimi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturi” bo‘yicha malaka oshirishdi.
Tinglovchilar “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining ustuvor yo‘nalishlari va ularning statistika tizimidagi ifodasi” yo‘nalishida tashkil etilgan o‘quv kursida yurtimizda statistika sohasida qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlarning ahamiyati va hayotga tatbiq etilishi bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarga akademik (S.S.Gulyamov), professor-o‘qituvchilar, Davlat statistika qo‘mitasi boshqarma boshliqlari hamda yetakchi mutaxassislari tomonidan turli mavzu va statistika yo‘nalishlarda ma'ruza o‘qilib, taqdimotlar namoyish qildi.
Shuningdek, tinglovchilar Davlat statistika qo‘mitasi va Jahon banki hamkorligida tashkil etilgan “Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi – 2020-2025” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etib, tajribasini boyitdi.
Tinglovchilar darsdan bo‘sh vaqtda poytaxtimizdagi diqqatga sazovor maskan va qadamjolarga sayohat qilishdi.
Axborot xizmati