16/12/2019

2019 yilning 10-12 dekabr kunlari Moskva (Rossiya Federatsiyasi) shahrida tashkil etilgan MDH davlatlari statistik xizmatlari mutaxassislarining uy ho‘jaliklari tomonidan xarid qilinadigan iste'mol mahsulotlari va xizmatlari ro‘yxatini muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston statistika idoralari hodimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Narxlar statistikasi boshqarmasining Iste'mol narxlari statistikasi va iste'mol narxlari indeksi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Shovkat Xaynazarov hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasidan Narxlar statistikasi bo‘limi boshlig‘i Lola Abduraxmonova ishtirok etdilar.

Shu bilan birga, 2020 yil uchun alohida turdagi iste'mol tovarlari va xizmatlarining o‘rtacha narxlari, shuningdek, xalqaro taqqoslash dasturidagi zarur birlamchi guruhlari kesimidagi ma'lumotlarni shakllantirish bo‘yicha MDH davlatlari o‘rtasida “XTD 2020” qanchalik muhimligi hamda dolzarbligi xususida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.    

Axborot xizmati