16/12/2019

2019-yilning 10–13-dekabr kunlari Serbiya Respublikasining Belgrad shahrida “Mamlakatlarda rasmiy statistika uchun milliy sifatni ta'minlash tizimini joriy qilish” mavzusida seminar bo`lib o‘tdi. Mazkur seminar Yevrostat tomonidan tashkil etildi.

Unda Yevrostat, Serbiya Respublikasi statistika byurosi, shuningdek, Armaniston, Albaniya, Ozarbayjon, Belarus, Bosniya va Gersogovina, Gruziya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Norvegiya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Ukraina, Rossiya Federatsiyasi statistika idoralari xodimlari qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo`limi bosh mutaxassisi Aziz G‘afurov ishtirok etdi.

Seminarda Yevropa Ittifoqining rasmiy statistikasi sohasiga oid huquqiy asoslari hamda Yevropa va boshqa mamlakatlarning rasmiy statistikasi uchun milliy sifatni ta'minlash tizimini joriy qilishga oid ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatilishida foydalanib kelayotgan xalqaro standartlar bo‘yicha tajribalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, mamlakatlarda Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini o‘rganish bo‘yicha yil davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, seminar davomida mazkur sohada boshqa mamlakatlar tajribalari bilan o‘rtoqlashildi.

Axborot xizmati