16/12/2019

Navoiy viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida “Siz tadbirkor uchun nima qildingiz?” aksiyasi doirasida “Statistik axborotlarning dolzarbligi va ahamiyati, xo‘jalik sub'yektlari tomonidan taqdim etilayotgan davlat statistika hisobotlari va ma'lumotlarining holati, hisobotlarni to‘g‘ri to‘ldirish va haqqoniy taqdim etish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda viloyat hamda tuman va shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, viloyat statistika boshqarmasi hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari boshliqlari, shuningdek, fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik sub'yektlari, xorijiy investitsiya va kredit ishtirokidagi korxona boshliqlari hamda boshqa tashkilot va idoralarning mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur seminarda Davlat statistika qo‘mitasi vakillari tomonidan qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, investitsiya sohalariga oid statistik ko‘rsatkichlarning mohiyati bo‘yicha batafsil tushunchalar, davlat statistika hisobotlarining sifatli va to‘liq taqdim etilishi yuzasidan uslubiy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan amaliy takliflar bildirildi hamda ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglandi. Ular tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

 

Axborot xizmati