13/12/2019

2019-yil 12-dekabr kuni Davlat statistika qo'mitasida Mustafo Dinch boshchiligidagi Jahon banki guruhining texnik yordam missiyasi bilan navbatdagi uchrashuv bo’lib o’tdi.

Tadbirda Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Baxodir Abdusalomovich “Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi – 2020-2025” loyihasi bo‘yicha so‘z yuritib, loyihada belgilangan statistika sohasini rivojlantirish istiqbollari, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida fikr bildirdi.

Loyiha yuzasidan iqtisodchi-statist Mustafo Dinch ham fikr bildirib, bu borada xorij tajribasi hamda “Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi – 2020-2025” loyihasining ahamiyati va afzalliklari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida xalqaro ekspertlar, respublikamizdagi turli vazirlik va idoralari tomonidan taqdim etilgan taklif va mulohazalari asosida statistikani rivojlantirishning 2020–2025-yillarga mo'ljallangan milliy strategiyasining yakuniy loyihasini tasdiqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar va kelgusi yilda amalga oshirilishi kerak bo’lgan rejalar belgilab olindi.

 

Axborot xizmati