13/12/2019

2019-yilning 10–11-dekabr kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida ijtimoiy so‘rov uslubiyati bo‘yicha seminar bo`lib o‘tdi. Mazkur seminar Yevrostat tamonidan tashkil etildi.

Unda Yevrostat, Latviyaning Markaziy statistika byurosi, shuningdek, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Ukraina statistika idoralari xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Aholining turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil etish bo‘limi bosh mutaxassisi Muslima Muxamedova ishtirok etdi.

Seminarda Yevropa Ittifoqining turmush darajasi statistikasi sohasiga oid huquqiy asoslari hamda Yevropa va boshqa mamlakatlarning turmush darajasi statistikasiga oid ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatilishida foydalanib kelayotgan xalqaro standartlar bo‘yicha tajribalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, aholi daromadlari va turmush sharoiti statistikasini o‘rganish bo‘yicha Yevropa Ittifoqining maxsus savolnomasiga (EU-SILC) asosan kuzatuv o‘tkazish tartibi, amaliyotda qo‘llanilishi muhokama qilindi. Shuningdek, seminar davomida mazkur sohada boshqa mamlakatlar tajribalari bilan o‘rtoqlashildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech