2019-yil 12-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda Toshkent Moliya instituti dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi B.J.Hakimov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini tahlil qilishda e’tibor qaratiladigan jihatlar bilan seminar ishtirokchilarini yaqindan tanishtirish.
Seminar davomida korxonalarning moliyaviy holatini o’rganishning ahamiyati, tahlilning maqsadi va vazifalari haqida fikr almashildi.
Shuningdek, korxona va tashkilotlarda yuritilayotgan buxgalteriya milliy standartining jahon amaliyotida qo’llanilib kelinayotgan xalqaro standartlarga moslashtirib borilishi hamda uning investitsion muhitni shakllantirishdagi iqtisodiy ahamiyati borasidagi fikrlar batafsil muhokama qilindi.
Axborot xizmati