12/12/2019

Shu kunlarda Davlat statistika qo‘mitasi xodimlaridan iborat delegatsiya Belarus Respublikasining Minsk shahrida aholini ro‘yxatga olish sohasida Belarus Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tajribasini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.

Mazkur uchrashuvlar BMTning Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkillashtirilgan bo‘lib, Davlat statistika qo‘mitasi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasidan Z.Yuldoshyev, T.Sidikov va O.Sidikov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasidan M.Kuznetsov, Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasidan K.Saparov hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasidan O.Abdurahmonov ishtirok etishmoqda.

 Uchrashuvlar davomida aholini ro‘yxatga olishning uslubiy va huquqiy normativ hujjatlarini ishlab chiqish, aholini ro‘yxatga olish dasturini tuzish, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tartibi, ma’lumotlarni  yig‘ish, ularni qayta ishlash bo‘yicha dasturiy ta’minot bilan ta’minlash kabi qator aholini ro‘yxatga olish tadbiriga oid dolzarb masalalar bo‘yicha bilim va tajribalar o‘rganilmoqda.

Minsk shahrida o‘tkazilayotgan mazkur uchrashuvlarning Davlat statistika qo‘mitasi uchun muhim ahamiyati shundaki, mamlakatimizda 2022-yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish tadbirini tshkil etishda MDH davlatlari, jumladan, Belarus Respublikasi ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur uchrashuvlar, ularda ko‘tarilgan masalalar hamda xizmat safar yakuniga oid ma'lumotlar bilan Sizlarni tanishtirib boramiz.

Axborot xizmati