Davlat statistika qo`mitasida Ukrainaning Kiyev shahrida Elektron sog'liqni saqlash bo`yicha tashkil etilgan o'quv seminari natijalariga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi.
Tadbirda 2019-yilning 2–6-dekabr kunlari Kiyev shahridagi o’tkazilgan o`quv seminarda ishtirok etgan ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasining ta`lim, sog`liqni saqlash, fan va innovatsiya sohalarida statistik kuzatuvlar bo`limi bosh mutaxassisi Shayxali Abduraxmanov sog'liqni saqlashda axborot tizimlari va ma'lumotlarni boshqarishning xalqaro standartlaridan foydalanish borasida Ukraina tajribasi bo’yicha ma`lumot berdi.
Seminarda Sh.Abduraxmanov sog'liqni saqlash bo`yicha maʼlumotlarni yig‘ish va tahlil qilishda maʼlumotlar sifatini yaxshilash, sog'liqni saqlash sohasidagi so'nggi xalqaro tajribalar asosida ilg'or axborot tizimlarini joriy etish kabi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Axborot xizmati