11/12/2019

Joriy yilning 11-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida navbatdagi ma’naviyat soati tashkil etildi. Bu galgi tadbirda erkaklar va ayollar psixologiyasi, ularning oiladagi o‘rni, ota-onalarga munosabat haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda mavzu yuzasidan Toshkent moliya instituti "Kasbiy psixologiya, jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi katta o‘qituvchisi Abdumajidova Dildora Rahmatullayevna fikr-mulohaza bildirdi.

Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – erkaklar va ayollar psixologiyasi, ularning oiladagi o‘rni, ota-onalarga munosabat kabi jihatlar haqida to‘g‘ri yondashuvlarni shakllantirishdan iborat.

Dildora Abdumajidova erkaklar va ayollar psixologiyasidagi farq va o‘zgarishlar, oila muhitida ota-onaning o‘rni borasida batafsil to‘xtalib o‘rdi.  Ishtirokchilar mavzu bo‘yicha anonim test savollariga javob berib, o‘z dunyoqarashi va psixologiyasining qandayligini sinovdan o‘tkazdi.

Seminarda shuningdek, jamiyatda erkaklar va ayollar tengligini ta’minlash, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish zarurati, jamoat joyida o‘zini tutish qoidalari, muomala madaniyatining salbiy va ijobiy tomonlari haqida so‘z yuritilib, hayotiy misollar yordamida atroflicha tushuntirildi.

Tadbir so‘ngida xodimlarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati