11/12/2019

Shu yilning 11-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 4–6-dekabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahriga qilingan xizmat safari natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Mazkur taqdimotda Davlat statistika qo‘mitasi Uy xo`jaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo`limi bosh mutaxassisi Dilorom Xolbekova xizmat safari davomida olgan ma'lumot va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbirda Dilorom Xolbekova xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan tavsiyalar, sohaga oid muammolar, kambag‘allik va daromadlar tengsizligini baholash usullari va ma`lumotlarni tahlil qilish kabi masalalar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tdi.

Taqdimot davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

 Axborot xizmati