11/12/2019

2019-yil 10-12-dekabr kunlari Toshkent shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO)ga aloqador Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) ko'rsatkichlari bo'yicha ishlaydigan vazirlik va idoralar mutaxassislarining bilimlarini oshirish bo'yicha qo'shma seminar o'tkazilmoqda.

Seminar FAO tomonidan Qishloq xo'jaligi vazirligi va Davlat statistika qo'mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Tadbirda hamma uchun oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai-nazaridan va aholining yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega suv resurslari bilan bog'liq BRM ko'rsatkichlarini ishlab chiqish metodologiyasi masalalari ko'rib chiqilmoqda.

Axborot xizmati