O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) qo‘shma loyihasi doirasida 2019-yil 26-noyabrdan 6-dekabrgacha Koreya Respublikasida "O‘zbekistonning yuqori boshqaruv kadrlarida yetakchilik salohiyatini oshirish" mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan kadrlar boshqarmasi boshlig'i Tolipova Zulxumor Normatovna ishtirok etdi.
Tashrifning asosiy maqsadi – mamlakatimizni rivojlantirishda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ishtirokchilarning boshqaruv salohiyatini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Kurs doirasida qator ma'ruzalar tinglandi. Davlat boshqaruvi va kadrlar siyosati sohasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi.
O‘quv kursi kadrlar boshqaruvi va kadrlar siyosati sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishga imkon berdi.
Axborot xizmati