09/12/2019

2019-yilning 4–6-dekabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida kambag‘allik va daromadlar tengsizligini baholash bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi hamda kambag‘allik statistikasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Mazkur tadbir BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi Uy xo`jaliklari tanlama kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo`limi bosh mutaxassisi Dilorom Xolbekova ishtirok etdi.

Shuningdek, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Bosniya va Gersogovina, Gruziya, Kanada, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Polsha, Rossiya, AQSh, Tojikiston, Ukraina va boshqa qator davlatlarning statistika idoralari mutaxassislari qatnashdi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida kambag‘allik va tengsizlikni baholash hamda kambag‘allik statistikasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar tomonidan tadbir doirasida qator taklif va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati