05/12/2019

2019-yil 5-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Budjetlararo munosabatlarni tartibga solish masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Iqtisodiyot va moliya” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi  A.Islamkulov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – yurtimizda budjet tizimi va budjetlararo munosabatlarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar hamda ularning iqtisodiy ahamiyati bilan seminar ishtirokchilarini yaqindan tanishtirish.

Seminar davomida budjetlararo munosabatlarni amalga oshirish tamoyillari va mexanizmlari  haqida fikr almashildi.

Shuningdek, yurtimizda budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuq va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar batafsil muhokama qilindi.

 

Axborot xizmati