Joriy yilning 4-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida dasturiy ta'minot ishlab chiqarish va server uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri – "Oracle" korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi raisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari Zohidjan Ziyayev so‘z yuritib, hamkorlik istiqbollari haqida gapirdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – axborot tizimlarini o‘rnatishda o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish va tajriba almashishdan iboratdir.
Ma'lumki, "Oracle" korporatsiyasi dasturiy ta'minot ishlab chiqarish va server uskunalari yetkazib berish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, dasturiy ta'minot va biznes ilovalarini (ERP va CRM tizimlari), ixtisoslashgan sanoat dasturlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Tomonlar dasturiy ta'minot va axborot xavfsizligi masalalarini atroflicha muhokama qilishdi.
Axborot xizmati