04/12/2019

Joriy yil 4-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Erkaklar va ayollarning teng huquqlari hamda imkoniyatlarini ta'minlash” mavzusida navbatdagi ma’naviyat soati o‘tkazildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirga Toshkent moliya instituti "Kasbiy psixologiya, jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi  katta o‘qituvchisi Abdumajidova Dildora Rahmatullayevna taklif etildi. U yurtimizda erkaklar va ayollarning teng huquqlari hamda imkoniyatlarini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha so‘z yuritdi.

Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – gender tengligini shakllantirish, erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar va teng imkoniyatlar, kadrlar salohiyatini oshirish, xodimlar o‘rtasida muomala madaniyati va do‘stona muhitni qaror toptirish, rahbar kadrlar ish uslubi va boshqarish qobiliyatini takomillashtirishga ko’maklashishdir.

Seminarda jamiyatda erkaklar va ayollar tengligini ta’minlash, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish zarurati, jamoat joyida o‘zini tutish qoidalari, muomala madaniyatining salbiy va ijobiy tomonlari haqida so‘z yuritilib, hayotiy misollar yordamida atroflicha tushuntirildi.

Tadbir so‘ngida xodimlarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati