2019-yil 3-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida markaziy apparat mutaxassislari uchun “2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi Kun tartibi kontekstida bolalar va o‘smirlar hamda gender tenglikka bog‘liq axborotlarni tayyorlash” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminar 2019-yil 26–27-noyabr kunlari Vena shahrida (Avstriya) bo‘lib o‘tgan “TransMonEE” har yillik konferensiyasi natijalari bo‘yicha tashkil etildi.
Seminarda Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Xabibulla Murodxujayev bolalar va o‘smirlar farovonligi hamda jinslar tengligini monitoring qilish uchun zarur bo‘lgan milliy ma'lumotlarni shakllantirish bo‘yicha uslub va yondashuvlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – bolalar va o‘smirlar uchun 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi kun tartibini (BRM) amalga oshirishdagi taraqqiyotni nazorat qilish uchun texnik va metodologik imkoniyatlarni mustahkamlashdir.
Taqdimot davomida savol-javob va muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Xalqaro tajribalarga asoslangan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati