Shu yil 3-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 26–28-noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahriga qilingan xizmat safari natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Mazkur taqdimotda Davlat statistika qo‘mitasi Uy xo`jaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo`limi boshlig`i Bahodir Qarshiboyev va bo`lim boshlig`i o`rinbosari Gulnora Norbayeva xizmat safari davomida olgan ma'lumot va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Taqdimot davomida ekspertlar tomonidan berilgan tavsiyalar, sohaga oid muammolar, aholining haq to`lanadigan va to`lanmaydigan ishlarga sarflanadigan vaqtini hisoblash usullari va ma`lumotlarni tahlil qilish hamda boshqa e`tibor berilishi kerak bo`lgan muhim jihatlar bo’yicha axborot berildi.
Taqdimot davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati