O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5584-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2019-yil 29-noyabrdagi 122-son buyrug‘i bilan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma'lumotnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zgartirilgan ma'lumotnoma bilan rasmiy saytning “Statistik tasniflagichlar” bo‘limi orqali tanishish mumkin.