O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019-yil
12-oktabrdagi “Andijon viloyati Bo‘z tumaninig nomini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi SQ-512-III-son qaroriga muvofiq, shuningdek, uning statistika ishlarini bajarish jarayonida foydalaniladigan statistik klassifikatsiyalar tizimida aks ettirilishini ta'minlash maqsadida Ma'muriy-hududiy tuzilmalarni (ob'yektlarni) belgilash tizimi idoraviy statistik tasniflagichiga Davlat statistika qo‘mitasining 2019-yil
29-noyabrdagi 121-son buyrug‘i bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zgartirilgan ma'lumotnoma bilan rasmiy saytning “Statistik tasniflagichlar” bo‘limi orqali tanishish mumkin.