03/12/2019

2019-yilning 26–27-noyabr kunlari Avstriyaning Vena shahrida navbatdagi TransMonEE har yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda jahonning turli davlatlarining vazirlik va idoralari mutaxassislari va xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i X.Murodxujayev qatnashdi. Shuningdek, konferensiyada O‘zbekistondan Bosh prokuratura Akademiyasi va O‘zbekistondagi YUNISEF vakolatxonasining vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – bolalar va o‘smirlar uchun 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi kun tartibini (BRM) amalga oshirishdagi taraqqiyotni nazorat qilish uchun texnik va metodologik imkoniyatlarni mustahkamlash hisoblanadi.

Bu maqsad kun tartibining ajralmas qismi sifatida ma'lumotlarning ochiqligini va ajratilishidan (dezagregatsiya) foydalanishni (yoshi, jinsi, nogironligi, migratsion holati, geografik joylashuvi, ijtimoiy-iqtisodiy holati, etnik mansubligi yoki boshqa jihatlari bo‘yicha) kengaytirishga yordam berish, bolalik va o‘spirinlik davri bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar va huquqlardan foydalanish o‘rtasidagi farqlarga aniqlik kiritish asosiy vazifa hisoblanadi.

Axborot xizmati