Joriy yilning 2-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi maslahatchisi, hamkorlik rahbari – Fransua Bejo bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad – 2022-yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va bu borada o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Tadbirda aholini ro‘yhatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish bosqichlari va hozirgi holati muhokama qilindi. Tomonlar Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida aholini ro‘yxatga olish borasida istiqbolli hamkorlik va texnik yordamning muhim jihatlari bo‘yicha atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakillari O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish ishlarida faol ishtirok etish va hamkorlik qilish istagini bildirdi.
Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.
Axborot xizmati