28/11/2019

2019-yil 28-noyabr  kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Ma’lumot va raqamlarni vizuallashtirish” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti dotsenti N.Rashidova mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ma’lumot va raqamlarni  qayta ishlash hamda ularni foydalanuvchilarga qulay tarzda uzatishda qo‘llaniladigan zamonaviy dasturlar bilan seminar ishtirokchilarini yaqindan tanishtirish.

Seminar davomida jahondagi rivojlangan mamlakatlarda statistika sohasi faoliyatida foydalanilayotgan zamonaviy informatsion texnologiyalar, dasturlar, raqamlarni vizuallashtirish borasidagi tajribalar hamda ushbu tajribalarni yurtimiz statistika sohasi amaliyotiga tadbiq etish masalalari  batafsil muhokama qilindi.

Shuningdek, ma’lumot va raqamlarni vizuallashtirishdan maqsad hamda undan olinadigan  natijaning  statistik  ahamiyati haqida fikr almashildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech