Joriy yil 27-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Boshqaruv mahorati: rahbar va xodimlar o‘rtasidagi psixologik jarayonlar” mavzusida navbadagi ma’naviyat soati tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi Boshqaruv mahorati kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Inag‘omova Lola Usmanbekovna taklif etildi.
Lola Inag‘omova rahbar va xodimlar o‘rtasidagi psixologik jarayonlarga to‘xtalar ekan, muomala madaniyati, hamkasblar o‘rtasida do‘stona muhitni qaror toptirish, rahbarning boshqaruv qobiliyati va salohiyati haqida batafsil so‘z yuritdi.
Shunindek, seminarda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish zarurati, jamoat joyida o‘zini tutish qoidalari, muomila madaniyatining salbiy va ijobiy tomonlari haqida so‘z yuritilib, hayotiy misollar yordamida atroflicha tushuntirildi.
Tadbir so‘ngida xodimlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Axborot xizmati