27/11/2019

Shu yil 26-noyabr kuni Toshkent shahrida BMTning Taraqqiyot dasturi tomonidan UNFPA, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda qator vazirlik va idoralar hamkorligida xalqaro seminar tashkil etildi.

 

Rivojlanish bo'yicha hamkorlikni muvofiqlashtirish guruhining mazkur uchrashuvida Davlat statistika qo'mitasi raisi Bahodir  Begalov, UNFPAning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy direktori Alanna Armitaj hamda boshqa xalqaro ekspert va soha mutahassislari so‘z yuritib, O'zbekiston Respublikasida aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlikning hozirgi holati, muvofiqlashtiruvchi guruh uchun texnik hamkorlik loyihasini muhokama qilish va tasdiqlash kabi masalalar yuzasidan fikr bildirdi.

Shuningdek, tadbirda aholi va uy-joylarni ro'yxatga olishni rivojlantirish, Multidisipliner Donorlik jamg'armasini ko'rib chiqish va tasdiqlash kabi masalalar bo‘yicha ham fikr-mulohazalar almashildi. UNFPA vakili Kamolxon Inomxodjayev Ko'p tomonlama donorlik qo'shma fondi kontseptsiyasining taqdimotini namoyish qildi.

Seminar davomida mavzu yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, keyingi yig'ilish vaqti kelishib olindi.

Axborot xizmati