Joriy yilning 26-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Joriy hisoblar bo‘limi bosh mutaxassisi Zafar Xamrayev, Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo‘limi bosh mutaxassisi Mahmuda Yunusova va Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi Uy-joy fondini obodonlashtirish statistik kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘i Dilshodbek Qirg‘izov 2019-yilning 18–22-noyabr kunlari Avstriyaning Vеna shahridagi Birlashgan Vеna institutida Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan “Milliy hisoblarda tabiiy resurslarni hisobga olish” mavzusidagi mintaqaviy o‘quv kursi taassurotlari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.
Taqdimot davomida milliy hisoblarda tabiiy resurslarni hisobga olish bo‘yicha mavjud xalqaro tajribalarni o‘rganish, shuningdek, tabiiy resurslarni hisobga olish jadvallarini shakllantirish, tahlil qilish hamda ularni baholashda vujudga keladigan muammolarni optimal yechish yo‘llari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, mavzu bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim va tajribalari xususida alohida to‘xtalib o‘tildi. Taqdimot jarayonida milliy hisoblarda tabiiy resurslarni hisobga olishda tadbiq etilishi zarur bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.
Taqdimot yakunida qo‘mita xodimlarining mavzu yuzasidan bergan savollariga batafsil javoblar bеrildi.
Axborot xizmati