26/11/2019

2019-yil 18–22-noyabr kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamg’armasi tomonidan “Milliy hisoblarda tabiiy resurslarni hisobga olish” mavzusida mintaqaviy o’quv kursi tashkil etildi.

O’quv kursida Isroil, Ukraina, O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikiston milliy statistika idoralari vakillari hamda Xalqaro valyuta jamg’armasining mutaxassislari ishtirok etishdi.

Shuningdek, Davlat statistika qo’mitasidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Joriy hisoblar bo’limi bosh mutaxassisi Zafar Xamrayev, Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo’limi bosh mutaxassisi Mahmuda Yunusova va Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi Uy-joy fondini obodonlashtirish statistik kuzatuvlari bo’limi boshlig’i Dilshodbek Qirg’izov qatnashdilar.

Kursning asosiy maqsadi milliy hisoblarda tabiiy resurslarni hisobga olish bo’yicha mavjud xalqaro tajribalarni o’rganishga qaratilgan. Shuningdek, tabiiy resurslarni hisobga olish jadvallarini shakllantirish, tahlil qilish hamda ularni baholashda vujudga keladigan muammolarni optimal yechish yo’llarini o’rganishdan iborat.

 

Axborot xizmati