25/11/2019

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4055-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Sog'liqni saqlash vazirligi murojaatiga asosan 2019-yilning yanvar-avgust oylarida 6672 ta uy xo'jaliklarining tibbiy xizmatlarga xarajatlari bo'yicha kuzatuvlar to'liq yakunlandi. Tibbiy xizmatlarga asosan ambulator va statsionar xizmatlarga qilingan xarajatlar shuningdek, tibbiy tekshiruvga, dori vositalariga va sog'liqni saqlashga sarflangan boshqa xarajatlar o'rganildi.

Kuzatuv Davlat statistika qo'mitasi tomonidan 121 nafar intervyuer
va 14 nafar supervayzerlar ishtirokida amalga oshirildi. Uy xo'jaliklaridagi kuzatuv sifatini oshirish, yuzaga kelgan kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish yuzasidan monitoring qilib borildi va qo'mita xodimlari tomonidan hududlarda joylarga chiqqan holda mutaxassislarga amaliy yordam ko'rsatildi.

Uy xo'jaliklarining tibbiy xizmatlarga xarajatlari bo'yicha yig'ilgan elektron ma'lumotlar bazasi har oyning 25 sanasida Sog'liqni saqlash vazirligiga taqdim etib borildi.

Davlat statistika qo'mitasi xodimlari belgilangan vazifalarni to'liq va o'z vaqtida bajarib, aholi turmush darajasi bo'yicha shakllanadigan ma'lumotlar sifatini yanada oshirish yuzasidan qo’shimcha takliflar bilan faol ishtirok etishdi.

 

Axborot xizmati