Sizni joriy yilning 27-noyabr kuni poytaxtimizdagi Miran International Hotel mehmonxonasida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan “MDH davlatlarida aholini ro‘yxatga olish: 2020-yil raundi” mavzusidagi xalqaro seminarda ishtirok etish uchun taklif etamiz!
Agar Sizda mazkur mavzu yuzasidan batafsil ma`lumotga ega bo`lish hamda qo`mita faoliyatiga doir o`zingizni qiziqtirgan savollar bo`lsa, unda marhamat. Biz Siz bilan doimo muloqot qilishga tayyormiz.
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 4-uy.
Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati