22/11/2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasida bu yilgi parlament saylovlari xususida alohida to‘xtalib, bu saylovlar mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, O‘zbekistonni dunyodagi rivojlangan, demokratik davlatlar qatoriga ko‘tarishda yana bir muhim amaliy qadam bo‘lishini, butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning orzu-intilishlarini ifoda etib, ular uchun yangi imkoniyatlar ochib berishini ta'kidlagan edi.

Joriy yilning 22-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari uchun bu yilgi mamlakat parlamenti va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlar, umuman yangi Saylov kodeksi hamda saylov va saylovchilar madaniyati borasida “Huquqiy soati” o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani Adliya bo‘limi hodimi Berdiyev Abror Melikulovich ishtirok etib, saylov qonunchiligi to‘g‘risida batafsil ma'lumot berdi.

Tadbir yakunida xodimlar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Axborot xizmati