21/11/2019

Shu yilning 21-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2019-yilning  3-14-noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining(BAA) Federal raqobatbardoshlik va statistika organiga qilingan xizmat safari natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Mazkur taqdimotda Davlat statistika qo‘mitasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig‘i Sh.Odilov xizmat safari davomida olgan ma'lumotlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Taqdimot davomida statistika tizimidagi mavjud muammolar, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar, aholini ro‘yxatga olishda innovatsion usullarni qo‘llash, barcha vazirlik va davlat tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalangan yagona ma’lumotlar bazasini BigData texnologiyasi asosida tashkil etish, geoaxborot tizimlarni qo‘llash, Open Data portalini yurgizish, barqaror rivojlantirish maqsadlari hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha BAAning tajribasi muhokama qilindi.

Taqdimot davomida yuqoridagi mavzular bo‘yicha olingan bilim va tajribalar yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

 

Axborot xizmati